TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Xorazmda qo‘shnilarning janjali qotillik bilan yakunlandi.
IIV xabariga ko‘ra, 19-iyun kuni Xonqa tumanida yashovchi 26 yoshli S.I. qo‘shnisi 45 yoshli B.T.ning uyida o‘zaro janjal sabab uni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazgan.
“Natijada B.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, - deyiladi xabarda.
Jinoyatchi qo‘lga olingan va holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.