Qirg‘iziston parlamenti Atambayevga qarshi 6 ta ayblovni ilgari surdi

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Maxsus komissiya sobiq prezidentni dahlsizlikdan mahrum etish bo‘yia xulosa tayyorlash kerak bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti maxsus komissiyasi sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan 6 ta ayblovlarni ilgari surdi. Bu haqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Almazbek Atambayev
Atambayev hibsga olindimi? Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumot berdi

Maxsus komissiya ikki haftalik ish faoliyati natijasida ayblovlarning soni 9 tadan 6 taga kamaydi.

“Maxsus komissiya quyidagi aylovlarni ilgari surdi: Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va stansiyaga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruksiyasida korrupsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Koy-Tash va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi", — deyilgan xabarda.

Poytaxt IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi alohida ish yurituvga ajratilgan. Shuningdek, sobiq prezident ismi Davlat tarixiy muzeyini rekonstruksiya ishida ham bor.