O‘zbekistonda ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Reklama to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Qaror loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Qaror loyihasida aytilishicha, 2019-yil 1-iyuldan boshlab quyidagi tartib o‘rnatish ko‘zda tutilgan:

- benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi;

- tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida hisobda turishi shart;

- yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi mumkin;

O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi 10-yil muddatga qator soliqlardan ozod qilindi

- kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Loyihada aytilishicha, 2019-yil 1-oktabrdan quyidagilarni bekor qilish rejalashtirilgan:

a) quyidagilarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan import qilinganda:

asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;

soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;

Ijtimoiy tarmoqda reklama joylayotgan blogerlar soliq to‘lashi shart - Soliq qo‘mitasi

qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;

b) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar.

“2019 yil 1-oktabrdan boshlab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasida qayd etilishicha, 2019-yil yanvar oyidan avgust oyigacha 1 milliard so‘mdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega bo‘lgan yoki 50 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi mo‘ljallangan yer maydonlariga ega bo‘lgan yagona yer solig‘i to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar va belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.

Bunda, 2019-yil 1-oktabrdan boshlab belgilangan pul aylanmasi (tushumi) chegara darajasiga yetgan yagona yer solig‘i to‘lovchilar ushbu darajaga erishilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan o‘ta olmadi

paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019-yil hosilidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tadilar. Bunda, ularga 2019-yildagi paxta xom ashyosini yetishtirish uchun ishlatilgan va 2018-yilning 1-oktabridan keyin haqiqatda olingan tovarlar (ish, xizmatlar) uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olish huquqi beriladi.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari qismi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga imtiyozdan voz kechish to‘g‘risida xabarnoma berish asosida, ushbu xabarnoma berilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash huquqi berilsin”, - deyilgan prezident qarori loyihasida.