Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan o‘ta olmadi

© David GoehringReshenie matematicheskoy zadachi
Reshenie matematicheskoy zadachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda 30% soliqchilar attestatsiyadan o‘ta olmadi, yana 26% shartli ravishda o‘tgan. Toshkentda ahvol shu bo‘lsa, boshqa viloyatlarni qanday ekan?

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Davlat Soliq qo‘mitasi Toshkent shahar soliqchilarini attestatsiyadan o‘tkazmoqda, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.    

Attestatsiyaning birinchi haftasida poytaxtning to‘rt tumani: Mirobod, Mirzo-Ulug‘bek, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlari soliqchilari imtihondan o‘tishdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, soliqchilar faqat o‘zlarining xizmat vazifalari yuzasidan qo‘ilgan savollarga javob berishgan. Shuningdek, barcha savollar oldindan ichki korporativ tarmoq orqali e’lon qilingan bo‘lgan.

Shunday bo‘lsada, attestatsiya natijalariga ko‘ra, faqat 44 % xodimlar imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishgan. 30 % - attestatsiyadan o‘ta olmagan, qolgan 26 % esa – shartli ravishda attestatsiyadan o‘tgan.

Shu o‘rinda o‘z-o‘idan savol tug‘iladi, Toshkentda ahvol shu bo‘lsa, boshqa viloyatlarni qanday ekan-a?

Qo‘mita aytishiga qaraganda, ushbu attestatsiyani o‘tkazishdan maqsad – xodimlar orasida kuchli va o‘qimishli mutaxassislarni aniqlab, ularni yuqoriroq lavozimlarga tayinlash bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0