O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi 10-yil muddatga qator soliqlardan ozod qilindi

© Sputnik / Tigran MegrabanRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi va uning ta’sischilari 10-yil muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi. Bu “O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik O‘zbekiston
BAA tashrifi: 10 mlrd dollardan ortiq hajmdagi kelishuvlarga erishildi

Joriy yilning 24-martida ustav kapitali 10 mln dollar bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.

Shuningdek, kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi.

Yangiliklar lentasi
0