TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Ozarbayjon g‘arbidagi bozorda sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi, jumladan, ikki go‘dak halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Bo‘yuk Kesik qishlog‘i hududidagi bozorda yaqinda ozodlikka chiqqan erkak o‘t ochgan. To‘rt kishi halok bo‘lgan: ona, uning ikki bolasi va bozordagi sotuvchi, sakkiz kishi esa yaralangan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, janjal ikki oila o‘rtasidagi ashaddiy dushmanlik sabab yuzaga kelgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qarashganda, Ozarbayjon bozorida o‘t ochgan jinoyatchi politsiyaga taslim bo‘lgan.
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.