Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi

Vladimir Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turistik brendi deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat brendi nafaqat qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurglar, balki oddiy “juda chiroyli odamlar, ayniqsa ayollar” ekanligini aytdi.

Ukraina NATOga a’zo bo‘ladi, faqat referendumdan so‘ng - Zelenskiy

Bundan avval Fransiyaning Ukraindagi elchi Izabel Dumo Zelenskiy Parijga tashrif buyurganini ma’lum qildi.

“Men aytmoqchimanki, doim dunyoda barcha odamlarda tushuncha bo‘lgan, ya’ni Ukraina - bu birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi, konlar, metallurglar. Turistlar esa har doim aytishgan, Ukrainada juda chiroyli, ovqatlari mazali va chiroyli insonlar, ayniqsa ayollar. Ha, bu hammasi bor, bu bizning brendimiz bo‘lib qolmoqda”, - dedi Zelenskiy Parijdagi dunyoda eng katta bo‘lgan startam-kampusiga tashrifi chog‘ida.

Zelenskiyning so‘zlashicha, Ukrainada IT-texnologiyalar va kompaniyalar juda tez rivojlanmoqda.

“Ukrainada 150 mingga yaqin IT mutaxassislar, startaperlar bor. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda rivojlanamiz”, - dedi Ukraina prezidenti.