Samarqandda fuqaro ikki kishini ayovsiz do‘pposlab, ulardan birini o‘ldirib qo‘ydi

Samarqandda 47 yoshli fuqaro tanishining dala hovlisida o‘zaro janjalashib, hovli egasi va uning tanishi jahl ustida ayovsiz kaltaklagan.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. Samarqandda fuqaro ikki kishini ayovsiz do‘pposlab, ulardan birini o‘ldirib qo‘ydi.

Toshkentda 34 yoshli tadbirkor ayovsiz kaltaklandi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining xabar berishicha, 13-iyun kuni Samarqand tumanida yashovchi 47 yoshli X.R. tanishi 57 yoshli O.A.ga tegishli Shirinobod MFYda joylashgan dala hovlisida o‘zaro janjallashadi. Janjal oqibatida O.A va shu yerda bo‘lgan uning yana bir tanishi 44 yoshli B.B.larning tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazadi.

“Natijada O.A. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. B.B. kasalxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Jinoyatchi qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.