TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Amerika kosmetika firmalaridan birining mutaxassislari selfi va terining erta qarishi o‘rtasida aloqa borligini aniqlashdi. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, selfi olayotgan vaqtda smartfondan taralayotgan “ko‘k” nurlanish terining qatlamiga chuqur tarqalishga qodir va bu inson terisiga yomon ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Ushbu nurlanish terini ingichkalashtirib, erta qarishiga olib keladi.
Mutaxassislar terining qarish jarayonini sekinlashtirish uchun smartfondan foydalanish vaqtini qisqartirish, shuningdek, S vitaminga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng foydali nonushtalar ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatning birinchi o‘rinini suli bo‘tqasi egalladi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, suli tarkibida beta-glyukan moddasi juda ko‘p. Bu uzoq vaqt to‘yinganlik hissini ushlab turishga yordam beradi.