TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Mayami universiteti olimlari (AQSh) insonning uzoq umr ko‘rishiga ta’sir ko‘rsatadigan genetik dasturlar o‘rta yoshdan uzoq ishlamasligini aniqlashdi, deya yozadi EurekAlert!
Mutaxassislar turli yoshdagi odamlarda qarishga qarshi mas’ul bo‘lgan gen to‘qimalari namunalarini o‘rganib chiqib, 50-60 yoshga kelib insonning qarishga qarshi tizimlari o‘z faoliyatini to‘xtatishlarini aniqlashdi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu “sut emizuvchilar rampitsin nishoni” deb ataluvchi oqsil muammosiga bog‘liqdir. U hujayralar o‘sishi va bo‘linishiga, shuningdek, boshqa muhim hujayra jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Olimlarning ma’lum qilishicha, odamlarda qarish dasturlarini tartibga solish boshqa jonzotlarga qaraganda yuqoriroq.
Evolyutsiya jarayonida inson organizmi uzoq umr ko‘rishni o‘rgandi. Endi odamlar tabiat tomonidan in’om etilgandan ko‘ra ko‘proq umr ko‘rishmoqda.