Tunda yo‘lga chiqqan avtobuslarni YPX kuzatib boradi – yangi qonun

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil
Ushbu yilning 1-sentabridan tunda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobuslarni YPX kuzatib qo‘yadi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. 2019-yilning 1-sentabridan boshlab tunda yo‘lga chiqqan yo‘lovchi avtobuslarni YPX avtomobili kuzatib boradi. Bu haqida Hukumat qarorida aytib o‘tilgan.

“2019 yilning 1-sentabridan boshlab yangi tartib o‘rnatilsin. Unga ko‘ra yo‘lovchilarni tungi vaqtda tashish faqat ichki ishlar organlarining maxsus jihozlangan avtomobillarida amalga oshirilsin”, - deyilgan hujjat matnida.

Ushbu yangi tartib viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro, turistik va bolalarni tashuvchi avtobuslarga taaluqli deyilgan xabarda.

Avtomobil skoroy pomoshi
Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalar 1-sentabrdan boshlab o‘z avtobuslariga haydovchi charchaganini aniqlovchi moslamalar o‘rnatishlari kerak bo‘ladi. Qatnovlar orasida dam olishga 12 soatdan kam vaqti bo‘lgan haydovchilar qayta ishlashga qo‘yilmaydi.

Shuningdek, 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab, ishlab chiqarilganiga 15-yildan ko‘p bo‘lgan avtobuslarda yo‘lovchi tashish man etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 28-apreli tunda Toshkent viloyatida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan atobus YTHga uchrab yonib ketgan edi. Shundan keyin O‘zbekiston Hukumati tungi vaqtda avtobuslar harakati ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qilgan.