Yo‘lovchi Toshkentga yashirincha tirik zuluklarni olib kirishga urindi

Fuqaro yo‘lovchi poyezdida 10 dona tatuirovkani o‘chirish vositasi va tirik zuluklari olib kirishga uringan.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida tatuirovkani o‘chirish vositalari va tirik zuluklar aniqlangani haqida xabar qildi.

Xorazm viloyatida obunadan tushgan mablag‘lar talon-toroj qilindi

Xabarda aytilishicha, fuqaro S.K.ning qing‘ir qilmishlariga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yul chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Yo‘lovchi poyezdi orqali respublikaga kirib kelar ekan, ushbu shaxs umumiy qiymati salkam 42 million so‘mni tashkil qiluvchi 10 dona tatuirovkani o‘chirish vositasi va 7350 dona tirik zuluklarni bojxona nazoratidan yashirib, olib o‘tishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.