Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan – Ahmadboy

“Fuqarolar xudodan qo‘rqsin, 10 ming pulini 20 ming, 25 ming qilib olgan. Yo‘q narsani, uyimni sotdim, joyimni sotdim, deb tuhmat qilmasin”, - deydi Ahmadjon Tursunboyev.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Ahmadjon Tursunboyevning OAVga bergan intervyusi tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo‘lga olindi

Tursunboyev odamlar unga nisbatan portalga turli yolg‘on ayblovlarni yozmasligini so‘radi. 

“Men sud hukmidan norozi emasman. Bir narsani iltimos qilaman: fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan, ularni hech kim majburlamagan. Fuqarolar xudodan qo‘rqsin, 10 ming pulini 20 ming, 25 ming qilib olgan. Yo‘q narsani, uyimni sotdim, joyimni sotdim, deb tuhmat qilmasin. Xudodan qo‘rqsin.

Men o‘zim uchun to‘g‘ri ishlaganman, fuqarolarni aldamaganman. Fuqarolar o‘z xohishi bilan pul olib kelgan. Fuqarolar ko‘payganidan keyin qonuniy qilib firma ochishga majbur bo‘lganman. Men birovni aldab, pulini olmaganman. O‘z xohishi bilan bergan. Qaysi odam shunchaki 10 ming dollarini 20 ming dollar qilib oladi, bankka borsa, bank buni hech qachon qilib bermaydi. Bank bir yilda 10 ming dollarni 12 ming qilib beradi. Hech kim ularni majburlamagan, o‘z xohishi bilan olib kelgan. Maqsadi pulini pul qilib olish bo‘lgan.

Ahmadboy ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Men muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan uzr so‘rayman, ham yordam so‘rayman. Prezidentimiz afv etsalar, chorva, parrandachilik qilaman. Xalqqa foydam tegsin, oldin ham foydam tekkan. Kambag‘alni boy qilganman", - deydi u.

Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Unga uzil-kesil 14-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

"Ahmadboy" qilgan ishni qilganlar 10-yilga qamaladi

Eslatib o‘tamiz, A. Tursunbayev 2015-yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida "Chinoz halol chorva" va "Chinoz avto hamkor trans" korxonalarini tashkil qilgan. U va uning xodimlari milliy va chet el valyutasida aholidan eng kamida yiliga 100 foiz ustama berish sharti bilan pul olib kelgan. Shu bilan birga Ahmadboy pulni qaytarib berishga hech qanday kafolat bermagan.

Tomonlar, agar unga biror narsa bo‘lsa, hech kim hech narsa talab qilmaslikka kelishib olgan.

Ikki yil mobaynida Ahmad Tursunbayev va uning sheriklari katta miqdordagi pul, chorva mollar va turli rusumli avtomobillarni o‘zlashtirib kelgan. Ularning jinoiy faoliyati besh yil davom etgan. Ma’lum qilinishicha, bundan minglab fuqarolar jabr ko‘rgan.

Fuqarolar pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan. Ularni hech kim majburlamagan – Ahmadboy