"Ahmadboy" qilgan ishni qilganlar 10-yilga qamaladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMoskva ko‘chalarida "MMM 2011" reklamasi
Moskva ko‘chalarida MMM 2011 reklamasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliyaviy piramida tashkil qilganlarni jazolash to‘g‘risidagi qonun avgust oyida qabul qilingan va shu oyning o‘zida parlament tomonidan ma’qullangan. Kuni kecha esa O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun shanba kuni kuchga kirdi. Yangi tahridagi qonun mamlakatda moliyaviy piramidalarni tashkil qilganlarni o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.

Piramida - Sputnik O‘zbekiston
Moliyaviy piramida qurboniga aylanmaslik qoidalari
Moliyaviy piramida tashkil qilganlarni jazolash to‘g‘risidagi qonun avgust oyida qabul qilingan va shu oyning o‘zida parlament tomonidan ma’qullangan. Kuni kecha esa O‘zbekiston prezidenti  v.b., bosh vazir Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi moliyaviy firibgarliklar orqali yirik miqdorda pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatga doir yangi modda bilan boyitildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunda shu haqda batafsil ma’lumot berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat  kodeksiga kiritilgan yangi 181-1 moddasiga binoan, mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek, bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida Toshkent viloyatida uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilingan edi. Guruh a’zolari moliyaviy piramida prinsipi asosida noqonuniy valyutaga oid operatsiyalar bilan shug‘ullanib kelganligi ma’lum bo‘ldi. O‘n minlab odamlar jinoiy guruh qurboniga aylandi.

O‘zbekistonning mahalliy — "Toshkent" telekanalida esa ushbu moliyaviy piramidaga asos solgan, xalq orasida "Ahmadboy" sifatida nom qozongan Ahmadjon Tursunboyev haqida qisqa maxsus reportaj namoyish etilgan edi.

Reportajda Tursunboyev — Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan "Chinoz xalol chorva" hamda "Chinoz avto Hamkor" korxonalari ta’sischisi ekanligi, Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shug‘ullanib kelishgani aytib o‘tildi.

Eng qizig‘i va hayratlanarlisi Ahmadboy o‘z "abonentlariga" (u o‘z mijozlarini shunday atagan, tahr.) pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan. (!) Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol ro‘y bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar qaytarilishini talab qilishga haqli bo‘lmagan.

Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shug‘ullangan. Bu operatsiyalarda ishtirok etgan odamlar soni bir necha o‘n mingni tashkil qiladi.

Ahmadboyga pul bergan odamlardan biri, reportajda, Tursunboyevga 8 million so‘m topshirganini, bu pullar unga 10 oydan so‘ng 16 million so‘m tarzida — oyiga 1,6 million so‘mdan — qaytarilishi va’da qilingani haqida gapirdi. Tursunboyevning moliyaviy yordamchisi intervyuda kunlik aylanma 3-4 milliard so‘m va 1 mln dollarni tashkil qilgani haqida gapirdi.

Ahmad Tursunboyev - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy hammadan uzr so‘radi

Oylik foiz to‘lovi evaziga, aholidan naqd pullardan tashqari, avtomobillar va boshqa qimmatbaho buyumlar ham qabul qilingan. Ishchi daftarlarda bitilgan yozuvlarni hisobga olmaganda, bu oldi-berdilarning birontasi rasmiy hujjatlarda qayd etilmagan.

Aholidan olingan mablag‘larning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Reportajda aytilishicha, Tursunboyev bu pullardan o‘zi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan. Reportajda berilgan xabarga ko‘ra, hibsga olingan bu ish bilan to‘rt-besh yildan beri shug‘ullanib kelgan. Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, "boy"ga qarashli firmalarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard so‘m hamda 7,9 million AQSh dollari olib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0