TOShKENT, 20-may – Sputnik. Terrorchilar raketalar yordamida Suriyadagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qilishdi.
Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilishicha, “Jabhat an-Nusra”* tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa hujumini amalga oshirishdi.
Ushbu terrorchilik guruhi Idlib hududida provakatsiya qilish va o‘qqa tutishni davom ettirmoqda.
Aviabaza tomon jami 6 ta raketa otildi, lekin ular aviabaza havo mudofaa tizimidan o‘ta olmadi.
Rossiyalik mutaxassislar terrorchilar raketa otish nuqtalari Kafer-Noblda joylashganini aniqladi. Ular havo kosmik kuchlari zarbalari bilan yo‘q qilindi. Shuningdek, ikkita uchuvchisiz apparat urib tushirildi.
Idlib provinsiyasi jangarilar tayanch nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Bashar Asadning qo‘shinlari uni deyarli nazorat qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum uyushtirishgandi. Unda jangarilar bir sutka ichida ikki marta Suriyadagi Rossiya Xmeymim aviabazasiga hujum qilishgandi.
Aviabaza tomon jami 36 ta raketa uchirilgan. Jangarilar zarbalarni uchuvchisiz apparatlar yordamida boshqarishgan.
Havoga qarshi mudofaa tizimi terrorchilar hujumini qaytargandi. Rossiya havo kuchlari terrorchilarning barcha raketa otish nuqtalarini yo‘q qildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot