TOShKENT, 14-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bosh kotibi Maykl Pompeo bilan qaynoq nuqtalar – Eron, Suriya, Venesuela, Shimoliy Koreya, shuningdek strategik barqarorlik va qurolsizlanish masalalarini muhokama qiladi. Buni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Putin va Pompeo uchrashuvi Sochida amalga oshiriladi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh munosabatlari faqat ikki davlat prezidentlari muzokaralaridan so‘ng yangi bosqichga chiqishi mumkin.
Bundan avval Reuters agentligi Donald Tramp Xitoy va Rossiya yetakchilari bilan Yaponiyada “Katta yigirmatalik” sammitida uchrashishi haqida xabar qilgandi.
Putin va Tramp uchrashuvi haqida rasmiy istaklar Vashingtondan hozircha kelmadi.