Veteran Georgiy Lyubimov o‘zbekistonlik yoshlarni doimo o‘z ustilarida ishlashga chaqirdi

To‘qqizinchi may kuni O‘zbekistonda G‘alabaning 74-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ayyom arafasida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Ulug‘ Vatan urushi faxriysi, III rang gvardiya kapitani Georgiy Lyubimov bilan suhbatlashdi. Veteran ko‘ksidagi medallarga qaraganda, nimalarni xotirlashi va "O‘lmas polk" aksiyasiga qanday munosabatdaligi haqida gapirdi
Sputnik

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Urush boshlangani haqida 15 yashar Georgiy ilk bor o‘zi tahsil oladigan Yangiyo‘l tumanidagi maktabda xabar topgan.

Toshkentdagi 9-may tadbirida diktor Levitanning 1941-yildagi murojaati jarangladi

"O‘qish tamom bo‘layotgandi... Sinfimizga geografiya fanidan dasr beradigan o‘qituvchimiz kirib, ertalab urush boshlangani haqida aytgan", — deya esga oladi veteran.

Georgiy Fodorovichning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarni o‘quvchilar hotirjam kutib olganlar, ular mamlakat bu urushda albatta g‘alaba qozonishiga amin edi. Va shunday bo‘ldi ham.

Ulug‘ Vatan urushi yillarida Lyubimov Tinch okeani Harbiy-dengiz flotida xizmat qilgan, Uzoq Sharqdagi radiostansiyada radist bo‘lgan. Aloqa maktabini tamomlagan, radiostansiya rahbari bo‘lgan. Urushda qatnashgani uchun Ulug‘ Vatan urushi ordeni, "Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba" medali va boshqa medallar hamda mukofotlarga ega.

"Men uchun eng qimmatli va aziz bo‘lgan mukofot - bu mening Ulug‘ Vatan urushi faxriysi ekanligimni tasdiqlovchi ordendir. Bundan a’loroq va qimmatliroq mukofot yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas", - deb ta’kidladi Georgiy Fedorovich.

Xanif Shadaminov: qanday qilib urushda xalqlar otasi Stalin bilan uchrashganim haqida

"O‘lmas polk" haqida gapirar ekan, veteran bu "ajoyib, juda yaxshi va betakror jamoatchilik aksiyasi" ekanligini qayd etdi.

"Bunday polk yaratilgani juda yaxshi", - dedi Georgiy Lyubimov.

Veteran o‘sib kelayotgan yosh avlodga eng ilik tilaklarini izhor etdi va yigit-qizlarni "munosib avlod bo‘lishga", "qaddilarini doimo baland tutishga" ham jismonan, ham ma’nan rivojlanib boraverishdan to‘xtamaslikka chaqirdi. "Yoshlar zamonaviy harbiy texnikani sinchkovlik bilan puxta o‘rganishlari va vatan mustaqilligi va erki uchun kurashda old qatorlarda bo‘lishlari lozim. O‘lkamiz benihoya ulkan, O‘zbekiston - buyuk davlat, biz bu yerda hayot kechirayotganimizdan juda xursandmiz, vatanimiz kundan-kunga gullab-yashnamoqda. Men O‘zbekistonda 93-yildan buyon yashab kelaman va bu yerda hamma narsa ajoyib", - dedi veteran.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyi boshida Toshkent shahri Yashnobod tumanida "G‘oliblar" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning maqsadi - poytaxt aholisiga ularning mahallalarida ham Ulug‘ Vatan urushi ishtirokchilari yashashini ko‘rsatishdan iborat. Ushbu aksiya Georgiy Lyubimov surati paydo bo‘lgan "To‘ytepa" mahallasidan boshlangan edi.