Eron yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatishi haqida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may – Sputnik. Tehron Eron yadroviy dasturi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatishi haqida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yubordi. RIA Novosti xabariga asosan.

Eron nega Amerikaga o‘lim tilaydi? Imom Xumayniy bunga izoh berdi

“Bu xatlarda biz ularga, bir yil kutganimizni <...>  va barcha o‘z majburiyatlarimizni bajarib keldik. Bugun biz qo‘shma harakatlar rejasi(5+1)da chiqmoqchi emasmiz, bugun bitim doirasida yangi qadamlar qabul qilinadi”, - dedi Eron prezidenti Xasan Ruhoniy.

Eron yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, yadroviy bitimga hali to‘liq nuqta qo‘yilmadi.

Biroq Tehron barcha cheklovlarga amal qilishga majbur emas deb hisoblaydi va bitimning ikkita bandi bo‘yicha o‘z siyosatini o‘zgartiradi. Ular boyitilgan uran va og‘ir suv zaxiralarini saqlash bilan bog‘liq.

Eron Tehron manfaatlarini ta’minlash, xususan bank va neft sohalari bo‘yicha 5 ta mamlakatga 60 kun berdi.    

“Bu amalga oshirilmagan taqdirda, keyingi qadam Arakdagi reaktorning modernizatsiyasi to‘xtatiladi, shuningdek boyitilgan uran darajasi bo‘yicha cheklovlardan voz kechiladi", - deyilgan Eron milliy xavfsizlik bo‘yicha Oliy kengashining bayonotida.   

O‘zbekiston va Eron Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

Yadroviy kelishuv

2015 yil Eron va “oltita” xalqaro vositachilar (Rossiya, AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) ko‘p yillik muammo – Eron atomi bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishilgandi.

2018 yil may oyida Donald Tramp Vashington bitimdan chiqishini e’lon qildi. Shuningdek, AQSh prezidenti Tehronga nisbatan barcha sanksiyalar tiklanishini ma’lum qildi. Shu jumladan, Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga nisbatan ham sansiyalar joriy etilishi haqida aytib o‘tgandi. Bundan tashqari, Eron neftini eksportini 0 darajasiga yetkazish maqsadi o‘rganib chiqildi.

Qolgan beshta davlat va Tehron AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish bo‘yicha hisob-kitob uchun moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishga kelishishdi.