Andijonda fuqaro narda o‘yini tufayli tanishini qasddan o‘ldirdi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi narda o‘yini qotillik bilan yakunlandi.
Sputnik

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi narda o‘yini qotillik bilan yakunlandi.

O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha bitta odam o‘ldirilayapti

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tanishi bilan narda o‘yini o‘ynagan va o‘yin davomida o‘zaro janjallashgan.

Keyin ular avtomashina ichida ham o‘zaro janjalni davom ettirishadi. Fuqaro  avtomashinani to‘xtatgan vaqtda u avtomashinasidagi pichoq bilan tanishining chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan qotilga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida ruhiy kasalxona bemori ustani urib o‘ldirib qo‘yganihaqida xabar qilgan edik.