Sheremetyevodagi aviahalokatda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi

Aviahalokat oqibatida Xatlon viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli Fatxuddin Qurbonbekzoda halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6-may – Sputnik. Sheremetyevo aeroportida yuz bergan aviahalokatda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

Bu haqda Sputnik agentligiga Tojikistonning Moskvadagi elchixona ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Xatlon viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli Fatxuddin Qurbonbekzoda halok bo‘ldi.  

“Biz vaziyatni kuzatib bormoqdamiz”, - deb qo‘shimcha qilindi elchixonada.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 5-may kuni Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportida Murmansk shahriga ketayotgan Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtda yonib ketdi.

Samolyot qo‘nish maydoniga qattiq urilib, yonib ketdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi omon qoldi.

Tergovchilar tomonidan  aviahalokatning bir nechta versiyasi o‘rganilmoqda.

Asosiylari – pilot, dispecherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi;  havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.

Rossiya transport nazorati davlat idorasi “Aeroflot”, Sheremetyevo aeroporti hamda havo harakatini tashkil qilish bo‘yicha davlat korporatsiyasini rejadan tashqari tekshiruvdan o‘tkazadi.