TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30-aprel - 1-may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.