O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi tayinlandi

Bahrom Babayev O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.
Sputnik

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xabarda aytilishicha, 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Bahrom Babayev O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. 

Bahrom Babayev ilgari elchixona maslahatchisi lavozimida ishlagan. Undan avval TIVning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.