Urganch aeroportida “valyuta operatsiyasi” chippakka chiqdi

Fuqaro tomonidan olib o‘tilayotgan 3000 dollar o‘zga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Urganch aeportida respublikadan o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan valyutani olib chiqish holati yuzasidan xabar qildi. 

Surxondaryoda tibbiyot birlashmasi boshlig‘i prokuratura va DXX xodimlari tomonidan ushlandi

Xabarda aytilishicha,  “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Urganch–Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro Sh.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu fuqaro tomonidan olib o‘tilayotgan 3000 dollari o‘zga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan tekshiruv jarayonida, yuqoridagi 3000 dollari aslida fuqaro J.M.ga tegishli bo‘lib, ushbu meyoridan ortiq xorijiy valyutalarni fuqaro Sh.S.dan bojxona nazoratidan olib o‘tib berishini so‘raganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.