Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 apr  — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Mirziyoyev: birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalarini xalqlarimiz sezishi kerak

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlar hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus, Tojikiston prezidentlari, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Prezident “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.