TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Shu kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida veloshosse bo‘yicha 39 - Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva nutq so‘zladi.
Bo‘stonliq shu kunlarda Osiyo velosporti markaziga aylangan. U yerda 40dan ortiq mamlakatlardan 600 dan ortiq sportchilar jamlanishgan. Bugun ushbu musobaqalarni kuzatish uchun Bo‘stonliqqa Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqi (UCI) prezidenti David Laparte ham tashrif buyurdi.
Kecha, chempionatning birinchi musobaqasi ayollar va erkaklar jamoalari orasida bo‘lib o‘tdi. 30 masofani tez bosib o‘tish bo‘yicha birinchi o‘rin Koreya jamoasiga, Ikkinchi o‘rin – Qozog‘iston va uchinchi o‘rin – Gonkong terma jamoalariga nasib etdi. O‘zbekiston qizlari jamoasi 5 o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, kecha, parasportchilar orasida ham musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ular tandem, tayanch apparatlari yordamida va boshqa katergoriyalarda musobaqalarda ishtirok etishdi.
Bugun 25-aprel kuni 65 yoshdan katta faxriylar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ular Osiyo 20 km masofani bosib o‘tib quyidagi natijalarni qayd etishdi: 1-o‘rin Axmetbekov Rinat (Qozog‘iston), 2-o‘rin Gutsalyuk Sergey (Qozog‘iston), 3-o‘rin Kovalenko Nikolay (O‘zbekiston).
Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) - 1900-yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya va Italiya davlatlari ishtirokida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Egel shahri (Jeneva)da. Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi velosiped sportining dunyo bo‘yicha boshqaruv organi hisoblanadi.
Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi tomonidan nogironlar o‘rtasida ham velosiped sportini targ‘ib etish va professionallik darajasiga olib chiqish maqsadi ilgari surilib paralimpiya o‘yinlari tarkibiga kiritilgan.