Bugun velo marafon tufayli Toshkentning bir necha ko‘chalari yopiladi

© Sputnik / StringerToshkentdagi velopoyga
Toshkentdagi velopoyga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda o‘tkazilayotgan “Kamolot-Tur” velomarafoni tufayli yakshanba kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha shaharning bir necha ko‘chalarida avtomobil transporti harakati cheklanadi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 2 oktabr yakshanba kuni Toshkentda "Kamolot-Tur" velomarafoning finali bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir o‘tkazilishi munosabati bilan, soat 09:00 dan 11:00 gacha shahar markazida harakat cheklangan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Xususan, Abdulla Qodiriy, Abay, Navoiy, Sharof Rashidov, va Oybek va boshqa ko‘chalarda vaqtincha avtomobil transporti harakati cheklanadi.

Shahar ma’muriyati ushby noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘rab, haydovchilardan marafon o‘tkazish vaqtida boshqa yo‘nalishlardan foydalanishni so‘rashmoqda.

© Xokimiyat TashkentaVelopoyga o‘tadigan ko‘chalar
Sxema perekritiya ulis Tashkenta vo vremya velomarafona - Sputnik O‘zbekiston
Velopoyga o‘tadigan ko‘chalar


O‘tgan dam olish kunlari Toshkentda “Kamolot-Tur” velopoygasi o‘tkazilgan edi. Unda 150ga yaqin velosipedchilar qatnashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0