O‘zbekistonlik velosipedchi Belgiyada oltin medal yutib oldi

© NOKUzbekskaya velosipedistka zavoyevala zoloto na turnire v Belgii
Uzbekskaya velosipedistka zavoyevala zoloto na turnire v Belgii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu musobaqada Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etish uchun ballar ham jamlandi.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. O‘zbekistonlik velosipedchi Olga Zabelinskaya Belgiyada “International Belgian Track Meeting” trek bo‘yicha xalqaro turnirdp oltin medal sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

“Bugun omnium poygalarida hamurtimiz Olga Zabelinskaya 192 ochko to‘plab eng yaxshi natijani ko‘rsatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda polshalik Lotte Kopeski va belgiyalik Marta Yaskulskaga nasib etdi”, - deyilgan xabarda.

Musobaqada 15 mamlakatdan 11 ta jamoa qatnashmoqda. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Olga Zabelinskaya, Yekaterina Knebeleva, Murod Xolmurodov kabi sportchilar bilan ishtirok etmoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0