Toshkent viloyatida 8 yoshli o‘quvchi qizning ziragini yechib olib ketgan ayol qo‘lga olindi

Nazarbek qo‘rg‘oni hududida 8 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizchaning qulog‘idagi ziraklarini yechib olib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent viloyatida 8 yoshli o‘quvchi qizning ziragini yechib olib ketgan ayol qo‘lga olindi.

Shahrisabzda jigarbandini 10 mln so‘mga sotgan ona qonun oldida javob beradi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ayol Nazarbek qo‘rg‘oni hududida 8 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizchaning qulog‘idagi ziraklarini yechib olib ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida talonchi ayol ushlangan, deyiladi xabarda

Jinoyatchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.