Rossiya Ukrainaning yangi sanksiyalariga javob qaytardi

O‘tgan hafta Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Rossiya Ukrainaning yangi sanksiyalariga javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishga majburmiz. Men hukumatning tegishli qarorini imzoladim”, - deya ma’lum qilgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

AQSh kongressi Rossiyaga qarshi “do‘zaxiy sanksiyalar” kiritishdan charchab qoldi

2019 yilning 1-iyunidan boshlab Rossiya Ukrainaga ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini faqat alohida ijozatnoma asosida yetkazib beradi.

Shuningdek, Rossiya Ukrainaning mashinasozlik, yengil sanoat va metallga ishlov berish mahsulotlariga taqiq qo‘ygan.

O‘tgan hafta Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirgan edi.