IIV viloyatlardan Toshkentga kelayotgan haydovchilarni katta yo‘l yopilgani haqida ogohlantirdi

O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li yopilgani bois, respublikaning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda
Sputnik

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li yopildi, deb xabar qildi O‘zA axborot agentligi.

O‘zbekistondagi ilk pulli trassa Toshkent va Samarqandni bog‘laydi

"Ayni paytda Toshkent shahri va respublikamizning 8 viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi "Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz" avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli respublikamizning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda", - deyiladi xabarda.

Toshkent viloyati YHXB xabariga ko‘ra, "Olmaota – Bishkek–Toshkent – Termiz" avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali "Toshkent – Dushanbe" yo‘liga o‘tib Toshkent shahriga yetib olish mumkin.

Toshkent viloyati YHXB haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.