Bank tizimini yil oxiriga qadar 3ta muhim yangilik kutmoqda - MB

O‘zbekiston bank tizimida yil oxiriga qadar 24/7 tartibiga o‘tish, masofadan turib shaxsni aniqlash va Xumo to‘lov tizimini joriy etishi kabi yangiliklar kutmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Bugun Markaziy bank tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida MB raisi o‘rinbosari Botir Zohidov O‘zbekiston bank tizimini yaqin vaqt ichida qanday muhim o‘zgarishlar kutayotgani haqida so‘zlab berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Humo bank kartalari 1-maydan ishga tushadi

Zohidov aytishiga ko‘ra, 2018-yilning sentabr oyida qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, Markaziy  bank 3ta yirik loyiha ishlab chiqqan va ushbu loyihalar quyidagilardan iborat.

1. To‘lov tizimini 24/7 tartibiga o‘tkazish

Bugungi kunda O‘zbekistonda bank to‘lovlari faqat ish kunlari 17:00 ga qadar o‘tkaziladi. Shanba yakshanba kunlari esa to‘lov amalga oshirishning imkoni yo‘q. Markaziy bank joriy etayotgan yangi tartib esa  - bank to‘lovlarini 24 soat7 kun davomida uzuluksiz amalga oshirish imkonini beradi. Ayni damda tizimni joriy etish uchun hamma narsa tayyor, faqat banklarni adaptatsiya qilish va ayrim qonuniy aktlarni qabul qilish kerak xolos. Yoz mavsumining oxirida ushbu tizim ishga tushishi kutilmoqda.

2. Distansion identifikatsiya qilish tizimini ishga tushirish

MasterCard O‘zbekistonning Humo to‘lov tizimini rivojlantirishda yordam beradi

Masofadan turib inson shaxsini aniqlash tizimi bank xizmatlari ko‘rsatishni juda osonlashtirishi mumkin. Shahar aholisiga bu qo‘shimcha qulayliklar tug‘dirsa, uzoq qishloqlarda yashayotgan kishilar uchun ayni muddao bo‘ladi. Shu bilan birga banklar orasida raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Masalan, bugun markazlan uzoq joylashgan tumanlarda faqat bir yoki ikkita davlat banklari bo‘limlari bor xolos. Aholi faqat ushbu banklar xizmatlaridan foydalanishga majbur. Boshqa xususiy banklar uchun bu yerda imkoniyat yo‘q. Biz ushbu tizimni ishga tushirishga texnologik jihatdan tayyor bo‘lganmiz. Endi navbat boshqa muassasalar bilan axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yish va kerak qonuniy aktlarni qabul qilishdir.

3. Xumo - to‘lov tizimi joriy etiladi 

Bugun ko‘pchillik Xumo kartalari va protsessing markazi haqida eshitgan. Aslida esa Xumo – butun chakana to‘lov tizimini yangilashga, arzonlashtirishga qaratilgan dasturdir. Dasturning birinchi bosqichida biz butunlay yangi va sifatli to‘lov tizimini yaratishni rejalashtirganmiz. Bu to‘lov tizimi nafaqat Xumo kartalarini balkim, Visa, Mastercard, Union Pay va Uzkardni ham qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Biz bu bilan markazlashtirilgan to‘lov tizimidan voz kechmoqchimiz. Xumo protsessing jarayonini 2-yil ichida banklarning o‘ziga topshirishni nazarda tutadi.