Humo bank kartalari 1-maydan ishga tushadi

Humo kartalarini emissiya qilish bepul bo‘ladi, lekin karta yordamida qilingan xaridlardan 0,1 – 0,2 % komissiya olinadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekistonda HUMO bank kartalari 1-maydan boshlab emissiya qilina boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Ayni damda ushbu bank kartalaridan bir necha bank xodimlari test rejimida  foydalanmoqda, lekin ommaviy ravishda Humo bank kartalarini emissiya qilish aprel oxirida may boshida rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi to‘lov tizimi dastlab Toshkent shahrida ishga tushadi.

Humo va Uzcard o‘rtasida nosog‘lom raqobat yuzaga kelgani aniqlandi

Biz ushbu kartalarni ertaroq chiqarishimiz ham mumkin edi, lekin biz dastlab kartadan foydalanish inftrastrukturasini tayyorlashga harakat qildik. Hozir shaharning 90 % hududi xumo kartalarini qabul qiluvchi terminallar bilan jihozlangan. Bugungi kunda terminallar soni 47 990 taga yetgan.

Ushbu terminallar nafaqat Xumo, balkim MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qilishga tayyor. Yaqin kelajakda ular Uzcard tizimidagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi. Biz hozir ular bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, - dedi Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov.  

Anjumanda shuningdek, Humo kartalarini emissiya qilish bepul bo‘lishini, lekin karta yordamida qilingan xaridlardan 0,1 – 0,2 % komissiya olish rejalashtirilayotganini ham aytib o‘tildi.