Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

Izboskan tumanidagi 7-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Andijon viloyatida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Paxta mavsumi: majburiy mehnatga undash bo‘yicha 410ta murojaat kelib tushdi

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 7-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshirilgan.

Maktab direktori A.U. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi, deyiladi xabarda.