“Ukraina uchun kurashaman”: Nadejda Savchenko ozodlikka chiqarildi

Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Savchenko Vladimir Ruban bilan birgalikda parlament binosida terakt uyushtirishni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Ukraina Oliy rada deputati, Ukraina qahramoni Nadejda Savchenko qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, Ukraninaning Brovarskiy shahri tuman sudi Savchenkoni ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror chiqargan. Ta’kidlanishicha, 16-aprelga o‘tar kechasi uning hibsda ushlab turish muddati tugagan.

Savchenko Ukraina xalqini "qari siyosatchilar" uchun ovoz bermaslikka chaqirdi

Shuningdek, “Zobitlar korpusi” tashkiloti rahbari Vladimir Ruban ham shu qaror bilan qamoqdan ozod qilingan.

“Men bu zaldan erkin odamdek chiqapman. Men erkinligimni qaytarib oldim va Ukraina uchun kurashaman. Bu sudda aybsiz ekanligimni isbotlayman”, - degan Savchenko.

Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Savchenko Vladimir Ruban bilan birgalikda parlament binosida terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Ularga besh yildan to umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazasi tayinlanishi mumkin.

Savchenko: Poroshenko - xalq dushmani

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nadejda Savchenko Ukraina xalqini "qari siyosatchilar" uchun ovoz bermaslikka chaqirgan edi.

Qayd etish joizki, Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi 21 aprel kuni o‘tkaziladi. Unda Ukraina prezidenti Potr Poroshenko va birinchi turda amaldagi prezidentga nisbatan ikki marta ko‘proq ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy qatnashadi. Nadejda Savchenko o‘zining Poroshenkoga qarshi fikrlari bilan barchaga ma’lum. Biroq huquqshunoslarning ta’kidlashicha, Savchenkoning ozodlikka chiqarilishi prezident saylovlariga bog‘liq emas. Chunki qonun nuqtayi nazaridan haqiqatdan ham uni hibsda ushlab turish muddati tugagan.