Termizda katta miqdorda budjet mablag‘larini talon-taroj qilgan shaxs ushlandi

Kollej buxgalteri sobiq ishchi-xodimlar nomiga jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib yurgan
Sputnik

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryo viloyatida yuz bergan katta miqdordagi talon-tarojlik jinoiy ishi haqida xabar berdi.

Toshkent viloyatida qariyb 814 kg ruda toshlarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

"Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019-yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan", - deyiladi xabarda.

Tekshiruv davomida budjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m undirilishi ta’minlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Sh.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.