Nazarboyevning qizi Qozog‘iston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘yadimi?

Dariga Nazarboyevaning yordamchisi sobiq prezidentning qizi davlat rahbari lavozimi uchun o‘z nomzodini ilgari suradimi, degan savolga javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Qozog‘iston Parlamenti Senatining spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi Dariga Nazarboyeva 2019-yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi emas. Bu haqda RIA Novosti kursiv.kz portaliga tayanib xabar qilmoqda.

Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

“Yo‘q, Dariga Nursultanovna o‘z nomzodi qo‘ymoqchi emas”, - deya ma’lum qilgan Nazarboyevaning yordamchisi Saule Mustafayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar qilgan edik.