Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston fuqarolariga teleefir orqali murojaat qiladi

Murojaat mavzusi ma’lum qilinmayapti, biroq, siyosatchilar va jurnalistlarning fikriga ko‘ra, prezident muddatidan avval saylovlar o‘tkazishni e’lon qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qiladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

G‘arbga yoki Sharqqa ketadi: Qozog‘istonning qo‘shnilar bilan munosabati qanday bo‘ladi

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarining ilk murojaati mamlakat telekanallarida seshanba, 9-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00da jonli efirga uzatiladi.

Murojaat mavzusi ma’lum qilinmayapti, biroq, siyosatchilar va jurnalistlarning fikriga ko‘ra, prezident muddatidan avval saylovlar o‘tkazishni e’lon qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi. 

Qozog‘istonda navbatdagi prezident saylovi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.