DXX xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi?

Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Mirziyoyev DXX xodimlarining ustuvor vazifasini belgilab berdi

Nizomga muvofiq, autsorserlar hokimliklar tomonidan tanlab olinadi. Autsorserlar bilan shaxsiy tarkibni statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha shartnomalar bir yilga tuziladi.

"Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, davlat standartlariga va texnik shartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi", - deyiladi hujjat matnida.

Oziq-ovqat yo‘nalishidagi obyektlar va oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga nol qiymatda vaqtincha foydalanishga beriladi.