"50-60% holatlarda ish beruvchining o‘zi mehnat shartnomasini tuzishni istamaydi. Ayrim migrantlar esa ish o‘rnidan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, mehnat shartnomasidan voz kechadilar", - dedi Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida ekspert.
Poletayev Rossiyada noqonuniy mehnat qilayotganlarni emas, balki hujjatlarsiz ishga joylashtirayotganlarni jazolash yaxshi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi, degan fikrda.
"Bizda hozir shu turdagi qonunchilik aktlari bor, ammo ish beruvchilar to‘lab, qutuladigan jarimalar miqdori juda oz. Ammo bu kabi cheklov chorasi ham cheklangan ta’sirga ega, chunki hozircha soyadagi iqtisod bor, migrantlar ishlaydigan joy bor, ish beruvchilarga esa soliqlarni to‘lash og‘ir kechmoqda", - deb hisoblaydi ekspert.
Poletayev shuningdek, Rossiya IIV tomonidan deportatsiya uchun to‘lovlarni migrantlar tomonidan qoplash haqidagi taklifga izoh berib o‘tdi. Unga ko‘ra, agar Rossiyaga kirib kelayotgan fuqarolardan "zalog" qoldirish talab etiladigan bo‘lsa, u holda ishlashga kelayotgan migrantlar ham yoppasiga kirish maqsadini - turizm deb ko‘rsata boshlaydi va shundan so‘ng ishlash uchun mamlakatda qoladi.