Rossiyaning AQShdagi elchixonasi eng yaxshi “feyk xabar” uchun tanlov e’lon qildi

Tanlov ishlarini baholash mezonlari va g‘olibga qanday sovg‘a topshirilishi ma’lum emas.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi “Rossiya aralashuvi” mavzusida eng yaxshi ishonchsiz xabar uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda diplomatik vakolatxonaning rasmiy Twitter-akkauntida ma’lum qilindi.

Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani o‘z isbotini topmadi

Tanlov AQSh maxsus prokurori Robert Mullerning go‘yoki 2016-yildagi Amerika prezidenti saylovlariga Rossiya aralashgani to‘g‘risidagi ish yuzasidan taqdim etgan yakuniy hisobotidan so‘ng e’lon qilindi. Muller ikki yil mobaynida Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlashga urindi. Biroq, Donald Trapmning Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hisobot yakunlarini “qorong‘u xonada qora mushukni topish juda qiyin, ayniqsa, u yerda yo‘q bo‘lsa”, deya izohlagan edi.