TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi Bob Ueyton o‘zining uzoq umr ko‘rish sirlarini ma’lum qildi. Bu haqda Sky News xabar qildi.
Kuni kecha Bob Ueyton 111 yoshni qarshiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u qo‘ldan kelguncha o‘limga chap berib kelgani tufayli shu yoshgacha umr ko‘rib kelmoqda.
“Men ham boshqalar kabi shamollash, gripp, bezgak kasalligiga chalinganman. Men ikki marta jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirdim”, - deydi Ueyton.
U qiyinchiliklarga qarshi kurashchi, hayotga tashna bo‘lmaganida, allaqachon bu olamni tark etgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Bo‘tqa va sevimli ish ham katta yordam beradi”, - deya ta’kidladi Bob.
Sobiq o‘qituvchi va muhandis Ueyton hozirgacha yog‘ochdan mayda-chuyda buyumlar yasaydi va ularning sotib kun ko‘radi. Ueyton o‘zi uchun yeguliklarni o‘zi tayyorlaydi va aravacha "Bob, 111 yosh" yozuvi bilan oziq-ovqat do‘koniga borib keladi.
Bobning ikki o‘g‘li, bir qizi, 10 nafar nabira va 25 nafar evarasi bor. Uzoq umr ko‘rgan otaxon diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmasligi tan oldi. U hatto qirolicha Elizaveta II dan uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik xatlarini jo‘natmaslikni so‘ragan.
Qalampirni xush ko‘ruvchilar uzoq umr ko‘rishadi(mi)?
Bobning aytishiga ko‘ra, 111 yoshda “to‘xtamoqchi” bo‘lgan, chunki shu yoshga kirishning o‘zi kifoya. Biroq, endilikda kelajak haqida xayol surmoqda.