Soliq qo‘mitasi “O‘rikzor” bozoridagi janjal yuzasidan ma’lumot berdi

Davlat soliq qo‘mitasi videodagi Murodjon Egamberdiyev soliq idoralari xodimi emasligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Kecha, 27-mart kuni internetda tadbirkor soliq organi xodimi bilan tortishayotgani aytilgan video tarqaldi. Voqea Toshkentdagi “O‘rikzor savdo majmuasi”da yuz bergan.

MIB davlatga eng ko‘p zarar yetkazgan "tadbirkorlarni" sanab o‘tdi

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi mazkur videodagi Murodjon Egamberdiyev soliq idoralari xodimi emasligini ma’lum qildi.

DSQ matbuot xizmati ma’lumotga ko‘ra, voqea qahramoni Uchtepa tuman hokimiyati iqtisodiy bo‘lim xodimi.

Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va shaffofligini ta’minlash uchun ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.

Qayd etilishicha, vaziyat keragicha o‘rganilmay, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborilgan va bu, o‘z navbatida soliq xizmatlari imijiga salbiy ta’sir qilgan.

DSQ yolg‘on axborot tarqatish tuxmat qilish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tgan.