Migrantlar, talabalar va biznes forum: O‘zbekiston va Uzoq Sharqni nima birlashtiradi

O‘zbekistonning Uzoq Sharqdagi bosh konsuli Rustam Ismoilov mamlakatning Uzoq Sharq federal okrugi bilan hamkorlik rejalari haqida gapirib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Mart oyida Rossiyaning Vladivostok shahrida  O‘zbekistonning Uzoq Sharqdagi ilk bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Yangi diplomatik vakolatxona rahbari Rustam Ismoilov RIA Novosti va Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida birinchi darajali vazifalar va migrantlarni qaysi muammolar tashvishlantirishi haqida so‘z yuritdi.

Vladivostokda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ish boshladi

- Bosh konsulxona yaqindagina o‘z faoliyatini boshladi. Konsulxona allaqachon to‘liq ishga tushirildimi, fuqarolar qabul qilinyaptimi? Shtatda necha kishi ishlaydi?

- Hozircha uch kishimiz. Yana 2-3 nafar xodim kelishini kutapmiz. Lekin hozirda ham har kuni to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsatapmiz. Fuqarolarni qabul qilish kunlari - dushanba, chorshanba, juma soat 10:00 dan 17:00 gacha, seshanba va payshanba kunlari esa boshqa tadbirlarga ajratilgan. Hozircha hammasiga ulgurapmiz, biroq tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘paysa, albatta, qabul qilish soatlarini qo‘shamiz.

- Uzoq Sharq olisda joylashgan hudud va bu yerda ishlayotgan migratlarning asosiy muammosi biror-bir konsullik muammolarini hal qilishda Novosibirskka borishlariga to‘g‘ri kelishidan iborat edi. Hozirda o‘zbekistonliklar bilan ishlash qanday yo‘lga qo‘yiladi?

- Barchangizga ma’lumki, O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulxonasi ikki prezident: O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning siyosiy intilishi tufayli ochildi. Moskva va Novosibirsk shaharlaridan tashqari Sankt-Peterburg va Yekaterinburgda diplomatik vakolatxona bor. Endilikda Vladivostokda ham o‘z faoliyatini boshladi. Qozon va Rostov-na-Donu shaharlarida ham diplomatik vakolatxonalar ochilish arafasida. U yerda tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanuvchi xodimlar tayinlangan. Tez orada bu konsulxonalar ochilishi kutilmoqda.

Uzoq Sharqdagi oqsoqollar: o‘zbekistonliklar Vladivostokda qanday yashashmoqda

Biz 2018-yil dekabr oyida Vladivostokdagi konsulxona binosi ta’mirlanayotgan vaqtda diplomatik vakolatxona manzili va telefon raqamimni rasmiy ravishda e’lon qilgan edik (O‘zbekiston TIV saytida – Tahr.). Dekabr oyidan buyon menga qo‘ng‘iroq qilishadi, telefon orqali maslahat berishim mumkin bo‘lgan savollarga javob beraman. Ishlar olib borilmoqda. Umid qilamanki, bu intervyu Uzoq Sharq federal okrugida (UShFO) istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu ma’lumotni yetkazishda foydali bo‘ladi.

- Uzoq Sharqda bo‘lib turgan vatandoshlaringizning umumiy soni to‘g‘rida ma’lumotlarga egamisiz?

- Vladivostokda yaqindan boshlab faoliyat ko‘rsatayotganimiz sababli bizda hozircha Primorsk o‘lkasining vakolatli organlarining norasmiy ma’lumotlari bor. Unga ko‘ra, ayni damda Primoryeda O‘zbekistonning 60-70 mingga yaqin fuqarosi bor, ulardan 20-25 foizining hujjati bor. Ya’ni patent, vaqtincha bo‘lib turish ruxsatnomalariga egalar. Qolgan 80 foizi -  kimdir hujjat rasmiylashtirmoqda, kimdir, afsuski, noqonuniy ravishda bo‘lib turibdi. Bular hammasi vakolatli organlar – IIV, migratsiya boshqarmasi ma’lumotlari.

- Bosh konsulxonaga murojaat qilayotgan migratlarni birinchi navbatda qaysi muammolar tashvishlantiradi?

- Aksariyat migrantlarimiz –hujjatlari, pasportlarining muddati amal qilish muddati tugaganlar, ba’zilar esa umuman biror-bir hujjatga ega emas. RF fuqaroligini qabul qilganlar, biroq mamlakat fuqaroligidan protsessual tartibda voz kechmaganlar ham murojaat qilishadi. Shuningdek, ular boshqa fuqaroviy masalalarni hal qilishni so‘rab murojaat qilishadi.

- O‘zbekiston va Uzoq Sharq o‘rtasida birinchi navbatda qaysi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda?

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Uzoq Sharq federal okrugidagi huquq va manfaatlari himoya qilishdan tashqari, bizning vazifamiz savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va ilm-fan, turizm, O‘zbekiston va RF OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik, o‘qituvchilar, tajriba almashish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

- Mintaqada o‘z faoliyatlari yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan allaqachon aniq kelishuvlarga erishilganmi?

- Biz endigina ochildik, bu masala bo‘yicha hozircha aniq ma’lumotlarimiz yo‘q, lekin O‘zbekistondan bu yerda quruq va ho‘l meva yetkazib berilishini bilamiz. Bu nomuntazam xususiyatga ega, chunki Uzoq Sharq olisda joylashgan. Mashinalar bu yerga tovar olib kelishi uchun 10-15 kun lozim bo‘ladi, shuning uchun tez buziladigan mahsulotlarni bu yerga olib kelish foyda bermaydi. Hozirda quruq meva va to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdamiz.

- UShFO delegatsiyasining O‘zbekistonga yoki mamlakat hududlari delegatsiyasining  UShFOga tashrifi rejalashtirilganmi?

- Bosh konsulxona ochilish marosimiga O‘zbekistonning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi hamda O‘zbekistoning Rossiya poytaxtidagi bosh konsuli, elchining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi va savdo-iqtisodiy bo‘lim rahbari kelishdi. Biznes doiralari, turistik kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi, ularga savdo-iqtisodiy imkoniyatlar haqida rolik namoyish etildi. Biz fikr almashdik va keyinchalik hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz.

- Sizningcha, jo‘g‘rofiy joylashuvi va ishlab chiqarish tuzilishini hisobga olgan holda qaysi sohalarda hamkorlik qilish juda istiqbolli bo‘ladi?

- Bu yo‘nalishlarni biznesmenlar bilan uchrashgandan so‘ng, ularning maqsad va manfaatlaridan kelib chiqqan holda muhokama qilish lozim. Aytib o‘tganimdek, hozircha Uzoq Sharq bozorida faqat meva, quruq meva va to‘qimachilik mahsulotlari mavjud. Lekin O‘zbekiston bugungi kunda rivojlanib borapti, mamlakatimizda biznes forumlar o‘tkazilyapti, va biz ushbu forumlarga Uzoq Sharq tadbirkorlarini taklif qilamiz. Shuningdek, kelajakda bu yerda ham turli tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Hozircha bu biz uchun yangi bozor. Biz aloqa qilish yo‘llarini qidiramiz.

Peterburgdagi bosh konsul: biz svetofor burchagida pasport bermaymiz

- Yangi lavozimda sizning birinchi darajali vazifa va rejalaringiz qanaqa?

- Yaqin kelajakdagi rejalarimiz – umuman Uzoq Sharq yoki Primorsk o‘lkasi tadbirkorlik vakillari bilan biznes forum tashkil etish. Shuningdek, turistik imkoniyatimiz namoyish qilish va talabalar va o‘qituvchilar hay’ati almashishni tashkillashtirish ustida ishlashni rejalashtirmoqdamiz. Umuman olganda, mamlakat hududlari va UShFO hududlari o‘rtasidagi hamkorlik va yaqin muloqotni rivojlantirish niyatidamiz. Bizning global vazifamiz esa – bu Uzoq Sharqda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

- UShFOning barcha mintaqasini, jumladan, yangi – Buratiya va Baykalorti o‘lkasiga ham qamrab olishni rejalashtirganmisiz?

- Afsuski, yo‘q. 2017-yilda bosh konsulxona ochish masalasi ko‘rib chiqilganda UShFOning to‘qqizta subyekti belgilab olingan, shuning uchun hozircha konsullik okrugiga faqat ular kiradi.

- Uzoq Sharq mintaqalari bilan ishni qanday yo‘lga qo‘yasiz?

- Xabarovsk o‘lkasiga tashrif buyurishga ulgurdik. U yerda mintaqa tashqi iqtisodiy vaziri, biznesmenlar, turistik firmalar, talabalar, professor-o‘qituvchilar hay’ati, tibbiyot oliygohi va Xabarovsk o‘lkasi texnika oliygohi rahbarlari bilan uchrashdik. Shuningdek, boshqa mintaqalarga ham tashrif buyurishni rejalashtirmoqdaman.

- Yaqin kunlarda UShFOning qaysi mintaqa rahbari bilan uchrashish niyatidasiz?

- Yaqin kunlarda Yevrey avtonom viloyati rahbari bilan uchrashini rejalashtirganman. Keyinchalik Saxalin, Yoqutiston, Magadan viloyati va Chukotka rahbarlari bilan uchrashaman. Uzoq Sharqning barcha mintaqalarida bo‘lib, ularning rahbari bilan yaqindan tanishib, biznes uchrashuvlar o‘tkazish va imkoniyatlarimizni namoyish qilishni rejalashtirapmiz.

Moskvadagi elchixonada Navro‘z ayyomi tantanali nishonlandi

- Osiyo mamlakatlari diplomatik vakolatxonalaridagi hamkasblaringiz bilan hamkorlik qilishni rejalashtirapsizmi?

- Biz allaqachon tanishib olganmiz va hozirda muloqot qilib turamiz. Shuningdek, albatta, biror-bir ikki tomonlama uchrashuv tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz.

- Mintaqada migrantlar bilan ishlash yoki mamlkatning madaniy meroslarini targ‘ib qilishga qaratilgan o‘zbek jamoat tashkilotlari qay darajada rivojlangan?

- Men bu yerda ikki diasporani bilaman, lekin aslida ular ko‘proq.  Ularning vakillari bilan muloqot qilamiz – ular asli o‘zbekistonliklar. Bu yerda ular juda katta ishlarni amalga oshirishmoqda: migrantlarimizga ko‘chib kelgandan so‘ng ko‘nikishlariga yordamlashishadi, rus jamiyatiga qo‘shilishiga ko‘maklashishadi, turli ijtimoiy muammolarni hal qilishda o‘z yordamlarini ayashmaydi.

- Ular qanaqa tadbirlar o‘tkazishadi?

- Diasporalar Primoryeda 5-6 yil davomida Navro‘z ayyomini nishonlab kelishayotganliklarini bilaman: konsert dasturini tashkillashtirishadi, milliy taom – osh, kabob tayyorlashadi, estrada yulduzlari, artistlarni taklif qilishadi. Diaspora faollarini Primorye o‘lkasi administratsiyasida va shahar administratsiyasida yaxshi tanishadi.

- Talabalar almashish borasida aniq rejalar bormi? Hozirda bu yerda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil oladi?

- Bizning ma’lumotlarga ko‘ra, Uzoq Sharq federal universitetida  500 nafarga yaqin talaba, Vladivostok davlat iqtisodiyot va xizmat universitetida 200 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Biz ular bilan allaqachon uchrashib, muloqot o‘tkazdik. Ularga bosh konsulxonaga murojaat qilishlari mumkinligini aytdik.

Uzoq Sharq oliygohlari rahbarlari bilan uchrashishga hali muvaffaq bo‘lmadik, shuninng uchun hozircha talabalar almashish borasida aniq kelishuvlar yo‘q. Lekin uchrashish rejalarimizda bor. Ishonchim komilki, talabalar almashish bo‘yicha qilinajak ishlar hali oldinda turibdi.

- Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolarining ko‘p qismi Uzoq Sharqqa ish nuqtayi nazaridan qarashadi. Ularni UShFOdagi turizm qiziqtiradimi? Bu borada hamkorlik qilish qanday rejalashtirilmoqda?

- Bu sohadagi aniq raqamlarga hozircha ega emasman. Lekin may oyida bu yerda (Primoryeda – Tahr.) turistik yarmarka bo‘lib o‘tishini bilaman, va turizm davlat qo‘mitamiz bizni unda ishtirok etishga taklif qildi. Hozirda bu masalani ko‘rib chiqmoqdamiz. Uzoq Sharq turistik firmalarni O‘zbekistonga taklif qilish, ular uchun tur tashkillashtirishni ham rejalashtirganmiz. Ular UShFO aholisiga nimani reklama qilishliklarini bilishlari uchun imkoniyatlarimizni ko‘rsatishimiz kerak.

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi manzili o‘zgardi

- O‘zbekiston delegatsiyasining Vladivostokda sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumda ishtirok etishi kutilmoqdami? Delegatsiyaga kim rahbarlik qilishi mumkin?

- O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki mezbon tomon — Rossiyaga bog‘liq. Biz taklifni kutamiz. Odatda taklif yuborilganda kimlar, qanday tarkibda, necha kishi kelishi maqbulligi ma’lum qilinadi.

- Vladivostokka qachon keldingiz?

- 2018-yil 13-oktabr kuni

- Demak, shaharni aylashishga ulgurdingiz? Qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz?

- Shahar menga manzur bo‘ldi. Men 2005-2006 yillarda O‘zbekistonning Afinadagi bosh konsulxonasida bosh konsul sifatida faoliyat yuritdim. Vladivostok ham menga nimasi bilandir bu shaharni yodga soladi. U ham tepalikda joylashgan, bu yerda ham dengiz iqlimi bor. Umuman olganda, menga Vladivostokka eng sovuq ob-havo vaqtida kelib qolganimdek tuyuldi. Biroq mahalliy aholi bu yil bu yerda birmuncha issiq ob-havo kuzatilganini aytishdi.

Shaharning o‘zi menga yoqdi, odamlari yaxshi. Gap kelganda, menga bosh konsulxonani ochishda ilk kunlardanoq ko‘maklashgan shahar administratsiyasi, Vladivostokdagi Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonalari va boshqa idoralar ishini qayd etmoqchiman.

- Oilangiz siz bilan kelganmi?

- Ha, oilam kelgan va bu yerda men bilan birga. Bolalar maktabda o‘qishadi va bolalar bog‘chasiga qatnashadi. Ularga bu yer ma’qul bo‘ldi va ularga tushunarli bo‘lgan tilda mamnuniyat bilan suhbatlashishadi.

- Sizga qayerda ishlash va yashash ko‘proq ma’qul bo‘ldi?

- Bilasizmi, men mehnat qilgan har yer yoqadi, chunki bu biz, diplomatlar ishining o‘ziga xos xususiyatidir. Biz har bir joy sharoitiga moslashishimiz darkor. Men hech qachon o‘z vatanimdan ketishni istagan emasman, chunki u yerda qarindoshlarim, yor-birodarlarim, oilam a’zolari yashashadi. Tabiiyki, har qanday boshqa shahar ko‘chib o‘tish – bu iqlim sharoitlari almashishi, hayot tarzining o‘zgarishi. Umuman olganda, hamma yerda yaxshi. Vladivostokda ham havolar isiy boshladi, tez orada maysalar ko‘karadi. Bu esa taqqoslash imkonini beradi.