TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Kiyevda terakt uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanayotgan Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko, ukrainaliklarni saylovlarda "eski siyosatchilar"ga ovoz bermaslikka va agar zarur bo‘lsa, o‘z ovozini Maydon va vecheda himoya qilishga chaqirdi.
RIA Novosti xabariga asosan.
Ukrainada prezident saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari postiga 39 nomzod da’vogarlik qilmoqda. Ijtimoiy tadqiqotlar ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlik poygasida shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, bir hafta ichida uning reytinggi 30%dan oshdi. Amaldagi davlat rahbari Petr Poroshenkoni mamlakatning 17%, fuqarolari, "Batkivshina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning esa 12,% % fuqarolar qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
"O‘z dafn marosimida o‘z jallodi qo‘llaridan "ROSHEN" yeydigan krepostnoyga aylanmaslik uchun, 31-mart kuni turib, saylov uchastkalariga boring va ovozingizni 27-yildan buyon hukumat tepasida turgan birorta "qari siyosatchi"ga bermang! Keyin esa o‘z ovozingizni qo‘l kelgan usulda himoya qiling - kerak bo‘lsa Maydonda, kerak bo‘lsa xalq isonida! Agar o‘z hukmron hukumat xalq va millatning omon qolishiga tahdid qilar ekan, xalqning bularni barchasiga haq-huquqi bor", - deyiladi Savchenkoning seshanba kuni Facebookda e’lon qilingan murojaatida.
Savchenko shuningdek, Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoning saylovlardan keyin Qrimni qaytarish haqidagi va’dasiga ham izoh berdi. "Poroshenkoning 2019-yildagi bergan ma’nisiz va’dalari bizning boshimizga nelarni yog‘dirishini tasavvur qilish qiyin. Prezidentni tinglab turib, bir narsani tushunaman, Petr nafaqat vijdonini, balki qolgan-qutgan esini ham yo‘qotib qo‘yibdi. Ko‘rish qobiliyati va sog‘lom fikrni yo‘qotmaylik, ukrainaliklar", - deb qo‘shimcha qilgan Savchenko.
Sal oldin Poroshenko saylovlar o‘tishi bilan Qrimni Ukrainaga qaytarish va’dasini bergan edi.