Toshkentda 24-mart kuni yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati

2019 yilning 24-mart kuni Toshkent shahrida birinchi Toshkent xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tadi. Xalqaro formatda ushbu marafon poytaxt va mamlakat tarixida birinchi marotaba o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Ertaga, 24-mart kuni Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro yarimmarafon o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida soat 9.00dan 13.00ga qadar ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi.

Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan biriga aylandi

Avtomobillar harakati Afrosiyob ko‘chasi - Birinchi prezident Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuadan Oybek ko‘chasiga qadar;

Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga qadar;

Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasiga qadar;

Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga qadar;

Mustaqillik ko‘chasidan Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasiga qadar;

Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasidan Mahtumquli ko‘chasiga qadar;

Mahtumquli ko‘chasi - Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur xiyoboni yonidagi aylana yo‘lga qadar;

Toshkent temir yo‘l vokzallarida bepul Wi-Fi xizmati tashkil etildi

Amir Temur xiyoboni yonidagi "krug" – Mahtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;

Amir Temur ko‘chasi – skver yonidagi aylana yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan - Sharof Rashidov ko‘chasiga qadar;

Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan - Navoiy va Qodiriy ko‘chalari kesishmasiga qadar;

Navoiy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasiga qadar;

Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasiga qadar;

Olmazor ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasiga qadar.