O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar reytingida barcha MDH davlatlarini ortda qoldirdi

The World Happiness Report hisoboti BMT buyurtmasiga binoan tuziladi. Tadqiqotda mualliflar 156 ta mamlakatni uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy himoya, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekiston BMTning eng baxtli mamlakatlar reytingida 41-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatgich World Happiness Report 2018 hisobotida aks ettirilgan.

Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan biriga aylandi

O‘zbekiston o‘z ko‘rsatgichini yaxshilashda davom etmoqda. So‘nggi ikki yil ichida 47-o‘rindan 41-o‘ringa ko‘tarildi.

Eng baxtli mamlakatlar o‘nligiga esa Finlyandiya, Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderland, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstriya kiritilgan.

Qayd etish joizki, Finlandiya ketma-ket ikkinchi yil reyting yetakchisi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Rossiya 9 pog‘ona pastlab, 59-o‘rindan 68-o‘ringa tushib ketdi.

Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Dushanbeni ortda qoldirdi

MDH davlatlari orasida Qozog‘iston 60-o‘rin, Turkmaniston 87-o‘rin, Tojikiston 78-o‘rin, Qirg‘iziston esa 86-pog‘onadan joy oldi. Bu yilgi hisobotda Ukraina 133-pog‘onadan joy olib, eng yomon ko‘rsatgichni qayd etdi.

Eng baxtsiz mamlakatlar uchligicha Janubiy Sudan (156), Markaziy Afrika Respublikasi (155) va Afg‘oniston (154) kiritildi.

The World Happiness Report hisoboti 2012-yildan buyon BMT buyurtmasiga binoan tuziladi. Tadqiqotda mualliflar 156 ta mamlakatni uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy himoya, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashadi.