O‘zbekiston Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni ta’qiqladi   

Ta’qiq vaqtinchalik bo‘lib, bugundan boshlab 1 oy davomida amal qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekiston hukumati o‘z aeroportlarida Boeing 737 MAX samolyotlarini qabul qilishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Bugun O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi O‘zbekiston aeroportlari Boeing 737 8 MAX va Boeing 737 9 MAX samolyotlarini qabul qilmayotganlarini xabar qildi. Ta’qiq vaqtincha 13-mart soat 17:00dan bir oy davomida amal qiladi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ta’qiq ushbu turdagi samolyotlarning O‘zbekiston ustidan uchib o‘tishi ta’qiqlanmagan.

Xitoy Boeing 737 MAX samolyotlarida parvoz qilishni taqiqladi

Eslatib o‘tamiz, bir necha soat oldin Qozog‘iston ham ushbu turdagi samolyotlar parvozini ta’qiqlagan edi. Kecha 12-mart kuni esa Xitoy va  Yevropa Ittifoqm mamlakatlari Boeing 737 MAX samolyotlari parvozini ta’qiqlagan edi.

Boeing korporatsiyasining eng yangi samolyotlaridan biri – to‘rtinchi avlod 737 8 MAX 10-mart kuni Efiopiyada qulab tushgan edi. Undan bir necha oy oldin esa Fillipinda ham ana shunday fojea yuz bergan.

Mutaxassislarning dastlabiki xulosalariga ko‘ra, Boeing 737 8 MAX samolyotlari nazorat tizimida xatolik tufayli samolyot keskin pastga sho‘ng‘ishii ehtimoli bor.