Bosh prokuratura qimmatbaho asarni davlatga qaytardi

Tergov tomonidan aniqlanishicha, fuqaro 2008-yilda rassom Rembrandt Van Reynning muallifligidagi asarni 50 ming dollarga sotgan va tanishi orqali asarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Rassom Rembrandt Van Reynning mualliflik asari maxsus komissiya a’zolari ishtirokida tegishli protsessual tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul xodimlariga taqdim etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Bosh prokuratura tomonidan 27.05.2014 yilda Yakkasaroy tumani IIB TB tomonidan K.Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 170-moddasi (aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazildi.

Tarixni “bulg‘agan” rasm

Tergov tomonidan aniqlanishicha, 28.08.2008 yili fuqaro A.P. o‘z tanishi bo‘lgan K.Y.ga rassom Rembrandt Van Reynning muallifligidagi asarni 50 ming dollarga sotganligi, va u o‘z navbatida tanishi bo‘lgan R.F. orqali asarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketganligi aniqlandi.

2014-2018 yillar davrida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi va javobgarlikka tortish muddati tugaganligi sabali jinoyat ishi bir necha marta to‘xtatilgan va tugatilgan. Shundan keyin, fuqaro A.P. qabul qilingan qarorlardan noroziligi xaqida Bosh prokuror nomiga ariza bilan murojaat qildi. Bosh prokuror topshirig‘ig‘a asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar IIB Tergov bo‘limidan talab qilib olindi va 04.06.2018 yili Bosh prokuraturaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasining ish yurituviga berildi.

Tretyakov galereyasidan mashhur rassomning asari o‘g‘irlandi

O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan 14.06.2018 yilda o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida ushbu jinoyat ishi fosh etilib, Rembrandtning mualliflik ishi topildi.

Tergov natijalariga ko‘ra, K.Y. va R.F. Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 238-moddasining 2-qismi (yolg‘on guvohlik berish) bilan ayblanuvchi sifatida jalb qilindi va 14.09.2018 yildagi jinoyat ishi ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborildi.

Qayd etilishicha, 21.11.2018 yildagi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra, K.Y. va R.F. aybdor deb topildi, asar esa davlat daromadiga o‘tkazildi.“Majburiy ijro burosi Yashnobod tuman bo‘limining 13.03.2019 yildagi xatiga asosan, rassom Rembrandt Van Reynning mualliflik asari maxsus komissiya a’zolari ishtirokida tegishli protsessual tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul xodimlariga taqdim etildi”, - deyiladi xabarda.