O‘zbekistonlik harbiylar qurolli mojarolarda jang qilish uslublarini o‘rganishdi

Chelyabinsk viloyatida O‘zbekistonlik harbiylar uchun 36 ta amaliy mashg‘ulotlar va batalion taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiyalik harbiylar O‘zbekistonlik zobitlarga qurolli mojarolarda orttirilgan jangovar tajribalariga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi, deb xabar qildi Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin jurnalistlarga.

O‘zbekiston harbiylari Rossiyada tankchilar mashg‘ulotini kuzatishdi

Chelyabinsk viloyatida joylashgan tank diviziyasi o‘quv bazasida o‘zbekistonlik harbiylar uchun 36 ta amaliy mashg‘ulotlar va ikkita batallion-taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

“Mehmonlarda zamonaviy qurolli mojarolarda bizning qo‘shinlarimizning harakat qilish uslublari katta qiziqish uyg‘otdi”, - dedi Lapin.

Bundan oldin o‘zbekistonlik harbiylar Rossiyada tank bo‘linmalari tayyorlash, kunduzgi va tungi jang olib borish uslublari, diversion guruhlarga qarshi jang qilish  jarayonlari bilan tanishgan edi.