Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat ko‘rsatadi - sinov

Kerakli vaqtda aviakompaniyaga telefon qilib muammoni hal qilish qanchalik oson bo‘lishi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Ba’zida kerakli ma’lmuotni olish uchun aviakompaniyaga qo‘ng‘iroq qilib tushish amri mahol bo‘ladi. Ana shu qo‘ng‘iroq xorijiy mamlakatdan turib amalga oshirilganda, konsultatsiya xizmatining tezligi va sifati yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" - Markaziy Osiyoda eng yaxshi aviakompaniya

Rossiyaning CRM-Design kompaniyasi avikompaniyalar mijozlarga telefon orqali konsultatsiya xizmatining sifatini aniqlashga bag‘ishlangan izlanish o‘tkazdi. Ular 9ta aviakompaniyaga qo‘ng‘iroq qilib 12 ta turli mavzudagi savollar bilan murojaat qilishgan. 

Professional kol-sentr xodimlari 5 kun davomida aviakompaniya vakolatxonalariga qo‘ng‘iroq qilib: tushish imkoniyati borligini, telefon go‘shagini ko‘tarish tezligi, savollarga berilgan javoblar sifati va xodimlar xushmuomalaligini aniqlashgan.

Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat ko‘rsatadi - sinov

Sinov natijalariga ko‘ra, 3ta Rossiya aviakompaniyasi – Uralskie avialinii, Aeroflot va Utair aviakompaniyalari 100 % holatda qo‘ng‘iroq qilib tushishga va 5 daqiqa ichida berilgan savolga javob olish imkoniyati bo‘lgan.

"Havo yullari" eng punktual aviakompaniya deb tan olindi

Eng yomon natijalar esa AZAL va UzAirways kompaniyalariga tegishli bo‘lgan – qilingan qo‘ng‘iroqlardan 30 - 40 % umuman samarasiz bo‘lgan.

Suhbat davomida shuningdek xodimlar xushmuomalaligi, suhbatdoshning gapini bo‘lmaslik, berilgan savolga aniq javob berish kabi ko‘rsatgichlar ham hisobga olingan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha Ural avia (97%) Aeroflot (96%), S7 (96%) aviakompaniyalari yetakchi bo‘lgan. Eng kam ballar esa  - AirAstana (86%), AZAL (78%) va UzAirways (72%) ga nasib etgan.

Ushbu izlanishni o‘tkazgan mutaxassislar yana bir qiziq holatga e’tibor qaratishmoqda. Sinov davomida kol-sentrlar har bir aviakompaniyaga o‘rtacha 30 marotaba qo‘ng‘iroq qilishgan. Faqatgina O‘zbekiston Havo yo‘llariga 60 marotaba qo‘ng‘iroq qilishga to‘g‘ri kelgan. Sabab - qo‘ng‘iroq qilinganda xodimlar ma’lumotni aniqlashtirish uchun 5 ta qo‘shimcha raqamga qayta telefon qilishni so‘ragan.

Aviakompaniyalar telefon orqali qanday xizmat ko‘rsatadi - sinov